Joriy yilning 19 may kuni Yangiobod tumani 19-son bolalar musiqa va san'at maktabida oʻquv yili yakuniga bagʻishlangan "Hayotimga hamrohdir cholg'u" nomli hisobot konserti boʻlib o'tdi.
Dastur davomida maktab oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan kuy va qoʻshiqlar, sahna asarlari ijro etildi.
Hisobot konserti yakunida oʻquv yili mobaynida oʻz iqtidorini namoyish etgan va bir qator tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan, shuningdek konsert dasturida faol ishtirok etgan oʻquvchilar taqdirlandilar.