O'zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Yangi Oʼzbekistonning yangi isteʼdodlari" teletanlovining respublika bosqichida Jizzax viloyati Yangiobod tumanidan ishtirok etgan Dostonbek G‘aybullayev g'oliblar qatoridan o'rin olib, 3-darajali diplom sohibi boʻldi.
Dostonbek G'aybullayevga Madaniyat va turizm vazirligining diplom va esdalik sovgʻalarini Oʼzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Zamira Suyunova topshirdi.