Yangiobod tumanining barcha mahallalarida Qurbon hayiti munosabati bilan o'zgalar ko'magiga muhtojlar, betoblar, boquvchisini yo'qotgan va yolg'iz keksalar holidan xabar olinib, ularni ko'nglini ko'tarish maqsadida bayram sovg'alari ulashilmoqda.
Xususan, bugun Yangiobod tumani 1-sektori hududidagi Yangiobod SHFYda yashovchi 10 nafarga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi va ularga tuman hokimligi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Bundan tashqari shu kabi oilalarning 30 dan ortig'iga homiylar tomonidan go'sht mahsulotlari tarqatildi.