Yangiobod tumanida 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13 apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5072-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentyabrdagi “Ochiq budjet axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5250-sonli qarorlarining ijrosi bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilgan.
2023 yil 1- mavsum bo‘yicha:
Tashabbusli budjet jamg‘armasiga 2023-yil boshidagi 147 mln 840 ming so‘m qoldiq mablag’iga 2023-yil davomida mahalliy budjet parametrlarida rejalashtirilgan 6 mlrd so’m mablag’ning 1-bosqich uchun belgilangan 50 % yani 3 mlrd so’mi qo’shimcha o’tkazilgan. Yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag’lari hisobidan 268.0 mln so’m, 2022-yil tashabbusli budjet jarayonida iqtisod qilingan mablag’lar hisobidan 463 mln 435 ming 200 so’m. 1-bosqich uchun jami 3 mlrd 879 mln 275 ming so’m o’tkazib berilgan. 2022-yilning 1-bosqichi uchun tashabbusli budjet jarayonida jami 3 mlrd 879 mln 275 ming so’m mablag’ shakllangan.
Fuqarolar tomonidan berilgan takliflarga ovoz berish natijalariga ko’ra:
Yuqoridagi 4 ta taklifning amalga oshirishning aniqlangan qiymati 3 mlrd 265 mln so’mni tashkil etib jami 3 mlrd 265 mln so‘m mablag‘ ajratildi. Hozirgi kunda Sarmich MFY xududidagi yo’lni asfalt qilish ishlari bajarilmoqda. Bajarilgan ishlari uchun 1 mlrd 076 mln 425 ming so’m mablag’ moliyalashtirilgan. Qolgan loyihalarga tegishli tashkilotlar tomonidan shartnoma qilinmoqda.
Tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma'lumotlar: