Yangiobod tumanidagi barcha mahalla va qishloqlarda asosiy va ichki yo'llarda ta'mirlash ishlari jadallik bilan davom etmoqda.
Xususan, ayni kunlarda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Mo'g'ol qishlog'ining "Mash'al" ko'chasi hamda Chakand qishlog'ining "Bog'iston" ko'chasilarida ichki yo'llarni shag'allashtirish ishlari olib borilmoqda.
Yo'llar sifatini yaxshilash, aholi va transport vositalari harakatlanishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar barcha mahallalarda bosqichma-bosqich davom etmoqda.