Bugun soat 10-00 da Yangiobod tumanidagi 19-sonli musiqa va san'at maktabida "Yoshlar oyligi" munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston yoshlar mamlakati" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda Respublika targ‘ibot guruhi a'zolari, ijodkorlar va elimiz suygan san'atkorlar tomonidan tayyorlangan chiqishlar va konsert dasturi namoyish etiladi.
Barchani ushbu bayram tadbirida ishtirok etishga chorlaymiz!