Yangiobod tumani Kambağallikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan joriy yilning 26-may kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 avgustdagi "Keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarni manzilliy ijtimoiy himoya qilish va qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 237-sonli qarorining tegishli bandlari ijrosini ta'minlash maqsadida Yangiobod tumani hududida istiqomat qiluvchi nuroniylar, o'zgalar parvarishiga muhtoj yolğiz keksa hamda yolğiz yashovchi keksalar uchun "Xo'jamushkent ota ziyoratgohi"ga sayohat tashkil ettirildi.