Tuman tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan tibbiy ko'rikda viloyatdan tashrif buyurgan malakali shifokorlar tomonidan 300 nafardan ortiq aholi bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.
Tibbiy ko'rikka kelgan aholi xirurg, kardiolog, infeksionist, urolog, akusher-ginekolog, LOR, teri-tanosil, terapevt, endokrinolog kabi 20 ga yaqin mutaxassislardan maslahatlar ham oldilar.
Aholini tibbiy ko'rikdan o'tkazish bilan birga, ularga hozirgi vaqtda keng tarqalgan diabet va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, profilaktika qilish va davolash usullari, sog'lom turmush tarzi va faol jismoniy harakatning inson salomatligiga hissasi to'g'risida ham tushuntirildi.