Yangiobod tumani hokimligi tashabbusi bilan Jizzaxning “So'g'diyona- W” ayollar futbol klubi a'zosi, "Kelajak bunyodkori" medali sohibasi Nafisa Nabiqulova ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari A.Nishonov, maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudiri E.Muxtorov, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari S.Abdurahmonova, sport bo'limi boshlig'i A.O'rinboev hamda o'quvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so'z olganlar Yangiobod farzandi bo'lgan futbolchi hamda uning qo'lga kiritgan yutuqlari xususida ma'lumot berib, uning faoliyati barcha yoshlarimizga namuna bo'lmog'i lozimligi xususida to'xtalib o'tdilar.
Shundan so'ng “So'g'diyona- W” jamoasining mohir himoyachisi Nafisa yoshlarga o'zining futbolga qanday kirib kelgani va faoliyati to'g'risida gapirib berdi.
Uchrashuv sportga qiziquvchi yoshlarning savol-javoblari bilan davom etdi.
Shuningdek, sportda yaxshi natijalarga erishib kelayotgan bir guruh yoshlar rag'batlantirildi.
Yangiobod tumani hokimligi
Axborot xizmati