Yangiobod tumanida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi PQ-5148-sonli qarori asosida aholi o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, ularni ommaviy harakatga aylantirish, aholining jismoniy qobiliyatini aniqlash va rag'batlantirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida Sport maktabi tarbiyalanuvchilari hamda mahalla yoshlari o'rtasida Jismoniy tayyorgarlik darajasi maxsus nazorat sport sinovlari yuqori darajada o'tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari Azizbek Nishonov ishtirok etib, yoshlarda iroda, o'z kuchi va imkoniyatlariga ishonch kabi fazilatlarni mustahkamlash, ularda jasorat, vatanparvarlik va sadoqat xislatlarini rivojlantirishda bu kabi tadbirlarning ahamiyati to'g'risida to'xtaldi.
Sport musobaqalarida 200 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etib, turli yo'nalishlar bo'yicha o'z mahoratlarini namoyish etdilar.