Yangiobod tumani, Sovot qishlog‘idagi 4-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, eng avvalo inson manfaatlariga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini qayd etishdi hamda yangi Qomusimiz, yorqin kelajagimiz ekanligi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida mehmon san'atkorlar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.