Yangiobod tumani, "Yangiobod" ShFYda “Ma’naviyat festivali” doirasida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida mahalla aholisi o'rtasida targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirda O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti dеvoni sho'ba mudiri Abduhalil Mavrulov, “Ma'rifat” targ'ibotchilar jamiyati a'zolari Falsafa fanlari doktori, Munira Qahhorova, Siyosiy fanlari doktori, dotsеnt, Davron Muyitov, “Shuhrat” mеdali sohibi, xonanda Alishеr Ro'zmеtovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so'z olganlar yurtimizda so'ngi yillardagi inson qadrini ulug'lash yo'lida olib borilayotgan islohotlar, shuningdek, Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o'zgarishlar va yangi normalarning inson va jamiyat rivojidagi ahamiyati to'g'risida aytib o'tdilar.
Tadbir davomida mehmon san'atkorlar tomonidan kuy-qo'shiqlar ijro etilib, o'yin-kulgu va yuqori kayfiyat bilan davom etdi.