Yangiobod tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan 2023 yilda 38 nafar yolg'iz keksalar va nogironlar ro'yxatga olingan bo'lib, ularga ularga turli ko'rinishdagi yordamlar ko'rsatib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 1-yarmida 38 nafar yolg'izlarga jami 3,163 ming so'mlik bepul dori-darmonlar yetkazib berilgan.
Ro'yxatga olingan yolg'iz keksa hamda yolg'iz yashaydigan keksa va nogironligi bo'lgan shaxslarni bo'lim xodimlari tomonidan 2023 yil 26 may kuni “Xo'jamushkent ota” ziyoratgohiga sayohati tashkil ettirildi.
Uy ta'miri uchun 3 nafar yolg'iz keksa va 2 nafar yolg'iz yashaydigan keksa rejaga kiritilgan bo'lib, bugungi kunga qadar ularning 3 nafari 9 mln 100 ming so'mlik qurilish materiallari bilan ta'minlandi.