Yangiobod tumanida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2023 — 2025 yillarda jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-146-son qaroriga asosan bir qator ijtimoiy soha obe'ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, yo'l va muhandislik kommunikasiya tarmoqlarini rivojlantirish choralari belgilangan bo'lib, bu borada tumanda jadal ishlar davom etmoqda.
Xususan, ayni kunlarda Yangiobod tumani, «Yangiobod» SHFY hududidagi tuman tibbiyot birlashmasi qoshida aholi uchun tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida 50 o'rinli poliklinika binosi bunyod etilmoqda.