Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev aholini qiynab kelayotgan muammolarga ijobiy yechim topish va og'irini yengil qilish maqsadida muntazam ravishda fuqarolar murojaatlariga quloq tutadi.
Bu gal Sarmich mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar uy-joy qurish uchun yer uchastkalari olishda amali yordam so'rab murojaat qilishdi.
Tuman hokimi ular bilan suhbatlashib, hozirgi kunda yer uchastkalarini faqat onlayn elektron auksion orqali sotib olish mumkinligini aytdi va buning qonuniy tartibini tushuntirdi. Shuningdek, noqonuniy tartibda o'zboshimchalik bilan qurilish qilish qonuniy tartibda javobgarlikka tortilishini ham aytib o'tdi.
Tuman hokimi tegishli mutasaddilarga fuqarolarning ushbu murojaatlari yuzasidan qonuniy tartibda ko'mak berish, onlayn auksionda ishtirok etish tartibi bilan yaxshilab tanishtirish, qolaversa aholi orasida bu boradagi targ'ibotni kuchaytirib, fuqarolarning huquqiy ongini yanada oshirish bo'yicha vazifalar yukladi.