Yangiobod tumani hokimligi majlislar zalida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilida belgilangan vazifalar ijrosi xususida yig'ilish o'tkazildi.
Unda tuman hokimi Ibrohim Qarshiboev, DXX Zomin tumanlararo bo'linmasi mas'ul xodimi hamda mas'ul rahbarlar ishtirok etishdi.
Yig'ilishda rahbarlarga biriktirilgan alohida toifadagi yoshlar bilan ishlash holati va yo'l qo'yilgan kamchiliklar muhokama etilib, bu borada natijadorlikka erishish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.