Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboev 1-sektor hududiga qarashli Sovot QFYda e'tiborga muhtoj bo'lgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi.
Ma'lumki, Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan o'tkazilgan yig'ilishida berilgan topshiriq asosida tumanda davlatning g'amxo'rligiga muhtoj bo'lgan yoshlar ro'yxati shakllantirilib, ular bilan alohida ishlar olib borilmoqda.
Tuman hokimi tomonidan o'ziga biriktirilgan yoshlar birma-bir o'rganilib, ularga zaruriy ko'mak berilmoqda.
Sovot QFYda o'tkazilgan uchrashuvda ham yoshlar va ularning yaqinlari bilan suhbatlashilib, ehtiyoj va muammolari yuzasidan amaliy choralar belgilandi.
Xususan, ba'zi yoshlar uchun daromad manbai yaratish maqsadida asbob-uskunalar berish, ayrimlarining sogliklarini yaxshilash uchun tibbiyot muassasalarida yo'llanma asosida davolatish xususida kelishib olindi.
Yangiobod tumani hokimligi
Axborot xizmati