Yangiobod tumani hokimligi faollar zalida tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari, deputatlar, sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yigʻini raislari, mutasaddi tashkilot hamda OAV vakillari ishtirokida tumanda yangi tashkil etilayotgan investitsiya loyihalari, sanoat va ishlab chiqarish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimining birnchi o'rinbosari R.Abdug'aniye tomonidan mavzu yuzasidan maʼlumot berildi.
Xususan, Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha:
2023-yilning 6 oyligi davomida “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 714 nafar fuqarolardan 8.06 mlrd. so‘mlik arizalar kelib tushgan bo‘lib, shundan hokim yordamchilari tomonidan 571 nafariga 5.3 mlrd.so‘mlik tavsiyanomalar berilgan. 270 nafariga
205,2 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.
2023-yilda 6 oy davomida 112 ta fuqaroga 399,3 mln so‘m subsidiya ajratildi.
2023-yil 6 oyligi davomida jami 62 ta yangi tadbirkorlik sub’ektlari ochilgan bo‘lib, hisob kitoblarga ko‘ra 2023-yilda 262 ta o‘tgan yilga nisbatan 250 foizga ko‘p yangi tadbirkorlik sub’ektlari ochilishi rejalashtirilgan.
Investitsiya loyixalari bo‘yicha:
2023-yil 6 oyligida umumiy qiymati 6.920 mlrd.so‘mlik 9 ta loyihalar amalga oshirilishi hisobiga 64 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Yangiobod tumanida Investitsiya dasturiga asosan, 2023-yilda qiymati
60.260 mlrd so‘mlik 29 ta loyihalar amalga oshirilib, 228 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.
Ish o‘rni yaratilishi bo‘yicha:
Tumanda yangi ish joylarini tashkil etish dasturini ishlab chiqishda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, uning istiqbollari, o‘rni va salohiyati, ixtisoslashuvi, shunga tegishli davlat, tarmoq va maxsus dasturlari, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar, tadbirkorlik sub’ektlari, aholi va uning tarkibi, mehnat bozoridagi vaziyat, ish o‘rinlariga bo‘lgan extiyoj, ularni yaratish uchun imkoniyatlar, moliyaviy manbalar to‘g‘risida ma’lumotlar jalb etilishini hisobga olgan holda 2023-yilga mo‘ljallangan “Aholini ish bilan ta’minlash tuman dasturi” ishlab chiqilgan bo‘lib. Ushbu dasturga asosan 2023-yilda 4517 ta yangi doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratilishi mahallalar sektorlar kesimida oyma-oy parametrlarga bo‘linib, yillik reja ishlab chiqilgan. Ushbu dasturga asosan 2023-yilda 1653 pafar doimiy, 2599 pafat nravsumiy, 265 nafar legallashtirish hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida 2665 ta doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratish belgilangan bo‘lib, Shundan Investisiyalar tashqi savdo va mahalliy sanoatni rivojlantirish hisobiga 104 ta, Moliya-iqtisod, tadbirkorlik va kambag‘allikni qisqartirish hisobiga 999 ta, Qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi hisobiga 2799 ta va Qurilish transport va komunal sohalar hisobiga 31 ta jami 3933 ta doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratilib dastur ijrosi 147,6 foizga bajarildi. Ushbu yaratilgan ish o‘rinlaridan 1560 tasi doimiy, 2153 tasi mavsumiy va 220 tasi legalallashtirish hisobiga to‘g‘ri keladi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish:
2023-yilda 6 oyligi davomida 0,200 mln. dollar miqdorida xorijiy investitsiya jalb qilish prognoz ko‘rsatkichi belgilab olingan bo‘lib, amalda 0.200 mln. dollar investitsiya jalb qilingan. Reja 100 foizga bajarilgan.
Eksport
2023-yil 6 oyligida 2,7 mln.dollar miqdorida eksport prognoz ko‘rsatkichi belgilangan bo‘lib, amalda 654.0 ming dollarlik eksport amalga oshirilib, reja
23.9 foizga bajarilgan.
2023-yilda 6,2 mln. dollar miqdorida eksport prognoz ko‘rsatkichi belgilab olingan.