Xabaringiz bor, Yangiobod tumanida yoshlarning sport bilan shug'ullanishlari hamda bu sohadagi iqtidorlarini yuzaga chiqarish yo'lidagi sa'y-harakatlar va yaratilayotgan sharoitlar natijasida sportchi yoshlarimiz mamlakatimiz bo'ylab o'tkazilayotgan turli musoboqa va turnirlarda yuqori natijalarga erishib kelmoqda.
1-4 avgust kunlari sportning "Boks" turi bo'yicha bo'lib o'tgan Jizzax viloyat chempionatida ham tumanimiz yoshlari faol ishtirok etishib, o'z mahoratlarini namoyish etdilar.
Qizg'in va anchagina murosasiz kechgan bahslar davomida Yangiobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Narziqulov Abdulaziz yarim final va final janglarida raqiblarini muddatidan oldin mag'lub etib, 58 kg vaznda 1-o'rinni qo'lga kiritdi.