Yangiobod tumanida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2023 — 2025 yillarda jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-146-son qaroriga asosan bir qator ijtimoiy soha obe'ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, yo'l va muhandislik kommunikasiya tarmoqlarini rivojlantirish choralari belgilangan bo'lib, bu borada tumanda jadal ishlar davom etmoqda.
Xususan, Sarmich MFY Jo'langar qishlog'ida joylashgan 7-umumiy o'rta ta'lim maktabida mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Loyiha quvvati 2.3 mlrd so'm bo'lib, moliyalashtirish manbai Respublika budjeti mablag'lari hisobidan to'lib qoplangan. Hozirgi kunda qurilish pudrat ishlari davom etmoqda.