O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Qaroriga muvofiq (https://lex.uz/uz/docs/-6556234) 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab muntazam ravishda jamoatchilikni keng jalb kilgan holda, “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi amalga oshiriladi.
Shuningdek, 2024-yildan boshlab “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida har bir hududda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida “Yong‘in xavfsizligi a’lochisi” yillik tanlovi o‘tkaziladi. Tanlov g‘olibiga 100 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi hamda uning faoliyati ikki yil davomida Davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan tekshirilmaydi.