“Yosh kitobxon” tanloviga roʻyxatdan oʻtish boshlandi
Millionlab yoshlarni birlashtirib, kitobxonlarni kashf etayotgan “Yosh kitobxon” uchun arizalar 1-sentabrga qadar qabul qilinadi.
Kitobxonlarning takliflari asosida adabiyotlar ro‘yxati 10-14 yosh toifasida 50 tadan 40 taga,
15-19 yosh toifasida 60 tadan 50 taga,
20-30 yosh toifasida 70 tadan 50 taga kamaytirildi va mazmunan qaytadan ko‘rib chiqildi.
10-14 yosh toifasida gazeta va jurnallar ro‘yxatdan olib tashlandi.