Yangiobod tumani sport maktabi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida “Jismoniy tayyorgarlikdarajasi” sport sinovlari o'tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari Azizbek Nishonov ushbu sport sinovlarinig maqsadi haqida to'xtalib, aholining barcha qatlamlari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali jismoniy qobiliyat va harakat faolligini takomillashtirish hamda zararli odatlar va turli kasalliklarning oldini olish, shuningdek, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishda muhim ekanini ta'kidladi.
Sport sinovlarida tuman hokimligi va tashkilotlar xodimlari ishtirok etishib, mezon talablari asosida bir nechta sport turlari bo'yicha sinovlardan o'tkazildi va baholandi.