Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev tumanning 1-sektoriga qarashli Yangiobod SHFYda aholi va yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.
Unda hokim oʻrinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla masʼullari, aholi va yoshlar ishtirok etishdi.
Muloqot davomida tuman hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezideyentining PQ-146-son qarori asosida joriy yilda Yangiobod tumanida tashkil etilgan hamda tashkil etilishi rejalashtirilgan yangi ish oʻrinlari xususida to'xtalib o'tdi.
Shuningdek, tadbirda fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli raxbarlarga topshiriklar berildi va tuman hokimi tomonidan nazoratga olindi.