Yangiobod tumanida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari natijasida mahallalarning yoʻl infratuzilmasi yanada yaxshilanib, aholining hayot tarzi va kayfiyatiga oʻz ijobiy taʼsirini koʻrsatmoqda.
Xususan, "Mening yo'lim" loyihasi asosida tumanning Yangiobod SHFYga qarashli "Ziyokor", "Yangiobod" hamda "Saydon" ko'chalaridagi yoʻllarning qariyb 2,5 km qismiga asfalt yotqizilmoqda.
Ayni kunlarda obodlik yo'lidagi bu ishlar "Ziyokor" ko'chasida olib borilmoqda. Ta'mirlash ishlari jarayonida ushbu yo'lning 1,5 kilometrga yaqin qismi asfaltlashtirilmoqda.