Yangiobod tumanida iqtisodiyot tarmoqlari, sanoat korxonalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, ko‘p kvartirali turar joy fondi va ijtimoiy sohani 2023/2024-yillar kuz-qish davrida energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, shuningdek, tarmoq va hududlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini kamaytirish, transport va logistika masalalarida ko‘maklashish maqsadida maxsus shtab faoliyati yo'lga qo'yildi.
Bugun tegishli soha mutaxassislaridan iborat shtab a'zolari tomonidan tuman xudidagi ijtimoiy soxa ob'yektalrining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, xususan, energiya manbalari bilan ta'minlanganlik holatlari o'rganilib, tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.