O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati Majlisining 2023-yil 30-avgustdagi “Hududlardagi tashqi reklama vositalari, axborot matnlari va boshqa tashqi yozuvlarni o‘rganib, ulardagi qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish, reklama qonunchiligini buzish javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida tadbirkorlar o‘rtasida targ‘ibot olib borish” to‘g‘risidagi 14-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiobod tumani Yangiobod shaharchasidagi reklama obyektlari o'rganildi. Reklama qonunchiligini buzish javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida tadbirkorlar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.