Yangiobod tumanida 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish maqsadida barcha sohalarda yetarli hozirlik ko‘rilmoqda.
Jumladan, ayni kunlarda tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan Havotog‘ QFY, Uchturgon qishlog‘ida elektr ta'minoti sifatini yaxshilash maqsadida yangi beton ustunlar o‘rnatilib, 2,5 km masofaga tarmoq tortish ishlari amalga oshirilmoqda.