Yangiobod tumani FVB xodimlari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda "Yong'indan ogohlik" umummilliy kampaniyasi doirasida mahalla fuqarolar yig‘inlarida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunda aholiga tushuntirish ishlari olib borilib, ularga yo‘riqnomalar tarqatildi. Shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarida ham targ‘ibot ishlari olib borilib, aholi ko‘p yig‘iladigan joylarga eslatma plakatlar joylashtirildi. Bunday tadbirlar tumanning barcha mahallalarida davom ettirilmoqda.