Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiobod tuman bo‘linmasi tomonidan 19-sonli musiqa va san'at maktabi hamda tuman madaniyat bo'limi hamkorlikda aholini mustaqil tahliliy fikrlash doirasini kengaytirish va ularning yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida 25-55 yoshli iqtidorli faol fuqarolar o‘rtasida “Mahoratli notiq” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirda tumanning faol fuqarolari orasidan erkin nutq va fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lganlar ishtirok etib o‘z, mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Ishtirokchilar chiqishlari hakamlar tomonidan nizom talablari asosida baholanib, yakunda g'oliblarga faxriy yorliq va kitoblar topshirildi.
Tadbir doirasida Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko'rgazmasi ham tashkil etildi.