Kengash yigʻilishida tuman hokimi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari A.Nishonov hamda tumandagi umumtaʼlim maktablarining direktorlari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, korxona va tashkilotlardagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼul xodimlar ishtirok etishdi.
Yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari” toʻgʻrisidagi PQ-5040-sonli Qarori ijrosi yuzasidan 2023-yilning 9 oyi davomida tumanda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan tumanda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar holatini oʻrganish natijalari haqidagi masalalar ham muhokama etilib, galdagi vazifalar belgilab olindi.