Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining 62-sessiyasi kun tartibining 2-masalasi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Rayimova so'zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi 145-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida axborot bermoqda.
Ta'kidlandiki, joriy yilning 9 oyi mobaynida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning 4 nafari doimiy, 6 nafari vaqtinchalik ishga joylashtirilgan, 58 nafari o‘zini-o‘zi band qilish orqali, 43 nafari tomorqasidan erkin daromad olishini taʼminlash orqali bandligi taʼminlangan, 16 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitilgan, 2 nafariga subsidiya ajratilgan, 61 nafariga imtiyozli kredit berilgan, 396 nafar xotin-qizlarga 267,5 mln so‘mlik moddiy yordamlar ajratilgan, 141 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.