Yangiobod tumanida yoshlar oʻrtasida ilm-fan, sanʼat, madaniyat, badiiy ijod, dizayn va hunarmandchilik kabi sohalarni yanada ommalashtirish, isteʼdodli, tashabbuskor, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” tanlovining Yangiobod tuman bosqichi oʻtkazildi.
Tanlovda 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar ishtirok etib, Tasviriy va amaliy sanʼat, Adabiyot va publitsistika, Milliy maqom va milliy estrada yoʻnalishlarida o'z mahoratlarini namoyish qilishdi.
Tadbir yakunida g'oliblar va faol ishtirokchilarga tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi tomonidan diplom va kitoblar jamlanmalari topshirildi. Shu bilan birga, har bir yo'nalish g'oliblari tanlovning viloyat bosqichida ishtirok rtadigan bo'ldi.