O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 11-aprel kuni “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bilan yangicha tizim asosida individual ishlash yuzasidan bir qator topshiriqlar belgilab berilgan.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiobod tumanida 14-30 yoshdagi 7366 nafar yoshlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilgan. Xatlov natijalariga ko‘ra 4679 nafar yoshlar (64 foiz) “yashil”, 2687 nafar yoshlar (36 foiz) “sariq” hamda 236 nafar yoshlar (3 foiz) “qizil” toifaga ajratib olingan.
Davlatning ko‘magi va e’tiboriga muhtoj bo‘lgan “qizil” toifadagi 236 nafar yoshlar, tuman miqyosidagi idora va tashkilot rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari va sektor rahbarlariga biriktirilib, har bir yosh bilan shaxsan uchrashuvlar o‘tkazilgan hamda ushbu yoshlarning muammo va extiyojlarilari o‘rganilgan. Bugungi kunda mazkur muammo va extiyojlar ijobiy hal etilmoqda.
Jumladan, norasmiy band bo‘lgan 1051 nafar yoshlar to‘liq qayta xatlovdan o‘tkazilib, 834 nafari (80 foiz) rasmiy sektorga o‘tkazilgan hamda bandligi ta’minlangan.
Bundan tashqari, tumandagi 97 nafar ishsiz yoshlarning 54 nafari (55 foiz) bandligi ta’minlanib, 43 nafarining bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli “Yo‘l xarita”lari ishlab chiqilib tasdiqlangan.
Tumanda 97 nafar yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida fuqarobay yo‘l xaritalari shakllantirilib, 97 nafar ishsiz hamda 488 nafar joriy yilda ta’lim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilar (shundan 286 nafar maktab, 134 nafar professional hamda 68 nafar oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari) bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq rejalar belgilab olingan.
O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra ishsiz, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish hamda kasb-hunarga o‘qish istagida bo‘lgan, ijtimoiy muammolari bor 529 nafar yoshlar “Yoshlar daftari” onlayn platformasiga kiritilgan.