Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivali bo'lib o'tdi.
Ikkinchi bor o‘tkazilayotgan tadbirda 70 ta mamlakatdan davlat va jamoat arboblari, ustazoda hunarmandlar, xalq amaliy san’ati ustalari, mutaxassislar, soha olimlari, faxriy mehmonlar, madaniyat va san’at namoyandalari ishtirok etishdi.
Ushbu nufuzli festivalda Yangiobod tumani madaniyat markazi qoshidagi "Uzumchi" folklor etnografik jamoasi ham faol ishtirok etib, maxsus sertifikat sohibi bo'ldi.