"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning "Milliy kurash" turi bo'yicha musobaqaning mahalla bosqichlariga start berildi.
Yangiobod tumani 1-sektor hududiga qarashli Sovot mahallasida "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida sportning "Milliy kurash" turi bo'yicha musobaqaning mahalla bosqichi bo'lib o'tdi.
Musobaqa belgilangan Nizom talablari asosida òtkazilib, mahalladagi 18-30 yoshli erkaklar 66kg, 73kg, 81kg, 90kg va +90kg vaznda, qizlar òrtasida 48kg, 57kg, 70kg, 87kg vazn toifasida ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunida g'olib ishtirokchilar yoshlar yetakchisi tomonidan diplom bilan taqdirlanib, sektor bosqichiga yo'llanma olishdi.