Bugun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan “Siyosiy-maʼrifat soati”da Yangiobod tumani hokimligi xodimlari ham ishtirok etishib, bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari toʻgʻrisida zaruriy maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Shuningdek, “Siyosiy-maʼrifat soati”da Davlat xizmatchilari Umumtaʼlim maktablarida taʼlim sifatini yanada oshirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar xususida, "Mutolaa vaqti” rukni, shuningdek, Oʻzbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham maʼlumotlar berildi.
“Siyosiy-maʼrifat soati” Agentlikning ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali berildi.