Yangiobod tumanida 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha tuzilgan ishchi guruh tomonidan o'rganishlar davom etmoqda.
Xususan, bugun 1-sektor hududidagi Sovot QFYda ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, energiya resurslari bilan ta'minlanganligi, isitish tizimlari, xususan, qozonxonalarning to'g'ri tashkil qilinganlik holatlari o'rganildi.
Aniqlangan kamchiliklar va mavjud muammolar yuzasidan tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berilib, bartaraf etish choralari ko'rildi.