Avval xabar berganimizdek O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o'rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Yangiobod tumanida kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish yuzasidan ko'rilgan chora-tadbirlar hamda "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko'zdan kechirilgan edi.
O'rganishlar davomida Chakand qishlog'idagi 6-umumta'lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko'zdan kechirilganda ayrim muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berilgan edi.
Bugun ushbu maktabda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va hududini obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.