Yangiobod tumanida kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish bo'yicha ishchi guruh tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
Xususan, bugun tumanning Xavotogʻ QFY Uchturgon qishlogʻida joylashgan ijtimoiy soha obyektlari, shu jumladan, hududdagi oilaviy shifokor punktining kuz-qish mavsumiga qay darajada tayyorligi tuman IIB boshligʻi Sh.Axmedov tomonidan qayta ko'zdan kechirilib, mavjud kamchilik va muammolar bo'yicha mas'ullarga qo'shimcha topshiriqlar berildi.