Yangiobod tumanida aholi farovonligi yo'lida olib borilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari, jumladan, transport vositalari va piyodalar harakati uchun qulayliklar yaratish maqsadida yo'l infratuzilmasining yaxshilanayotgani natijasida mahalla va ko'chalar qiyofasi tobora yaxshilanib bormoqda.
Xususan, ayni kunlarda “Yangiobod tumanidagi mahallalarda birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan tumanning Balandchaqir MFY hududidagi Varqin qishlog'i Nurafshon ko'chasining 1 km qismi asfalt yotqizish uchun tayyorlanmoqda.
Yo'llar sifatini yaxshilash borasidagi bu kabi bunyodkorlik ishlari bosqichma-bosqich barcha mahallalarda davom etmoqda. Bu esa, albatta, aholining hayot tarzi va kayfiyatiga oʻz ijobiy taʼsirini koʻrsatmay qolmayapti.