Yangiobod tumaniga Respublika millatlararo qo'mita vakili S.Davlatova hamda viloyat tojik milliy madaniy markazi direktori A.Sharipov boshchiligidagi guruh tashrif buyurib, Do'stlik MFY Chakand qishlog'idagi tojik tilida o'qitiladigan 6-umumta'lim maktabida bo'lishdi.
Tashrif davomida mehmonlar tumanda istiqomat qiladigan, oʻzaro doʻstlik va va hamjihatlikda yashab kelayotgan oʻzbek va tojik millatiga mansub faollar bilan ham uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.
Shuningdek, maktab faoliyati, u yerda o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan mehmonlar tumanda millatlararo doʻstlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatimizda hukm surayotgan oʻzaro hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini asrash borasidagi ishlarni ijobiy baholadilar.