Yangiobod tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi hamda Yangiobod shaharcha fuqarolar yig'inida targ'ibot uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Ma'lumki, shu yilning 20-noyabridan 20-dekabriga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb eʼlon qilindi. Oylik doirasida o'tkazilgan yig'ilishda tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimining Mahalla institutini rivojlantirish shuʼbasi boshligʻi – I.Mamurboyev tomonidan tizim xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakillantirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etilishi va uning huquqiy oqibatlari, qonunchilik, xizmat intizomi, odob-axloq qoidalari va ichki tartib qoidalariga rioya etilishini amalga oshirilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.