Bugun 18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 32 yil to‘ldi.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Yangiobod tumanida ham muqaddas bayrog‘imizni madh etuvchi tadbirlar boshlanib ketti.
Erta tongdan tuman markazida "Muqaddasdir Vatan bayrog‘i" shiori ostida marafon tashkil etilib, unda aholi va yoshlar jam bo‘lishdi va qo‘llarida Vatanimiz bayroqlarini tutgan holda besh yuz metr masofani bosib o‘tdilar.
Albatta, bu kabi tadbirlar nafaqat yoshlar, balki har qanday kishi qalbida Vatanparvarlik va faxr iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Bugungi sana munosabati bilan tumanimiz bo‘ylab tadbirlar davom etmoqda.