Yangiobod tumanida kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish bo'yicha ishchi guruh tomonidan o'rganish ishlari davom etmoqda.
Bugun 1- sektor ishchi guruhlari tomonidan kuz-qish mavsumida ko'ngilsiz holatlar sodir bo'lishini oldini olish maqsadida olib borilgan o'rganishlar davomida aniqlangan kamchilik va muammolar ishchi guruh a'zolari ko'rsatmasi asosida mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda.
Jumladan, tuman markazida joylashgan 35/10 kV podstansiyasidagi transformatorda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, Sovot QFY hududidagi o'rta bosimli gaz quvurlari tartibga solindi.