Bugun Jizzax viloyati Yangiobod tumani "Shodlik" mahallasi yoshlariga ham mobil ilova hamda uning imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berilmoqda.
Quvonarlisi shundaki, chet tillarini o'rganishga nafaqat yoshlar, balki mahallalardagi aholi ham qiziqib bormoqdalar.
Aynan mahalla yoshlariga mobil ilovani o'rnatish posterini tarqatilishi orqali chet tillarini o'qitishda, ma'naviy kamol topishtirishda ko'prik vazifasini bajarishiga amin bo'ldik.
Yangiobod tumani "Shodlik" mahallasidagi yoshlar yetakchisi Husanboyev Muhriddin tomonidan "Ibrat Academy" loyihasi va uning imkoniyatlari haqida yoshlarga ma'lumot berish jarayonlari davom etmoqda.