Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyevning tumanning 1-sektoriga qarashli Sovot QFYda aholi va yoshlar bilan uchrashdi.
Unda sektor va mahalla mas'ullari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, aholi va yoshlar ishtirok etishdi.
Muloqot avvalida tuman hokimi mahallada aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, aholi bandligini ta'minlash hamda hududda qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshiriladigan ishlarga to'xtalib o'tdi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli rahbarlarga topshiriklar berildi va tuman hokimi tomonidan nazoratga olindi.