Yangiobod tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi tomonidan jamiyatda ijtimoiy faol bo'lgan har jihatdan ibratli xotin-qizlarni aniqlash, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilgʻor ish tajribasini ommalashtirish maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi.
Tanlovda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etishib, bir nechta nominatsiyalar boʻyicha oʻzaro belashdilar.
Ishtirokchilarning har bir chiqishi tuman komissiyasi a'zolari tomonidan kuzatib borilib, “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli” nominatsiyasi sohibasi Qobilxodjayeva Shodiyaga tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya berildi.