Yangiobod tumanidagi 19-sonli musiqa va sanʼat maktabida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi.
Tanlovda har bir qizning orzusi sanalgan Zulfiya nomidagi davlat mukofotining sohibasi boʻlish istagidagi taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport va jamoatchilik faoliyatida yuqori choʻqqilarni zabt etishga shaylangan izlanuvchan va intiluvchan yoshlar ishtirok etishdi.
Tanlov komissiyasi azolari tomonidan har bir ishtirokchi qizlarning chiqishlarini, ularning tayyorlagan ishlari va soʻngi ikki yil mobaynidagi ibratli faoliyati, taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport va jamoatchilik sohalaridagi alohida yutuqlarini koʻzdan kechirib, odilona baholab bordilar.
Yakunda ishtirokchilar orasidan gʻoliblar saralanib, eng munosib deb topilgan iqtidorli qizlar tanlovning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.