Yangiobod tumani prokurori tomonidan tumanning 2-sektor hududida joylashgan “Xoʻjamushkent” QFY binosida hudud aholisi ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bagʻishlab “Konstitutsiyani oʻrganamiz” va “Konstitutsiya - adolat tantanasi” mavzularida uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda Bosh qomusimizda belgilangan huquq va majburiyatlarimiz, shuningdek, uning hayotimizdagi ahamiyati to'g'risida tushunvhalar berilib, fuqarolarning mavzuga doir savollariga huquqiy javoblar berildi.